"Gremio" mutasaddilari "Real Madrid" rahbarlari bilan xavbek Artur Ramos borasida uchrashuv o'tkazishdi.
Ma'lumot uchun, oldinroq 21 yoshli futbolchi "Barselona" bilan muzokaralar o'tkazib klub sport-direktori Roberto Fernandes bilan kataloniyaliklar futbolkasi kiyib sur'atga tushgan edi va bu voqea tezda internetda tarqatib yuborildi. Shundan so'ng "Gremio" rahbarlari futbolchiga qarshi ravishda "Real" bilan muzokaralarni boshlashdi.
Hozircha Arturning o'zi va agenti Jorje Mashadu "Barselona" bilan hech qanday kelishuv bo'lmaganini aytib o'tishdi. "Real" skautlari esa 21 yoshli futbolchining imkoniyatlarini yuqori baxolashmoqda.
Braziliya klubi futbolchi uchun 50 mln yevro talab qilishmoqda.
La Liga: 16-tur o'yinlariga tahmin qoldiring