Ispaniyalik jurnalits Edu Agirre "Real Madrid" klubining rahbarlari va Krishtianu Ronaldu o'rtasida ziddiyat kelib chiqganligini aytib o'tdi.
"Madridliklar Krishtianuga yangi shartnoma taklif qilishga shoshilayotgani yo'q, Krishtianu esa hech qanday takliflarni eshitishga xohishi yo'q. Bu mojoro "Oltin to'p" topshirish marosimidan so'ng kelib chiqgan. Krishtianu "Real" prezidenti Florentino Peresning Neymar borasida aytgan fikrlaridan norozilik bildirmoqda. (Ma'lumot uchun, Peres Neymarni "Real"ga taklif qilgan va "Oltin to'p"ni bu yerda yutish oson kechishini aytib o'tgan edi). Krishtianuning yuristlari ham "Real"dan uning tovon pulini kamaytirishlarini so'ragan. Sababi Ronaldu milyard yevro turadi va summani hech bir klub to'la olmaydi. Futbolchining maqsadi esa iyul oyidan boshlab o'z narxini tushirish bo'ladi", - deb ma;lumot beradi El Chiringuito jurnalisti.