"Flamengo" bosh murabbiyi Ze Rikardo jamoa hujumchisi Vinisius Junior haqida iliq so'zlar aytdi.
Uning fikriga ko'ra, 16 yoshli futbolchini ajoyib kelajak kutmoqda. Vinisius 2018 yildan boshlab "Real" sharafini himoya qiladi.
"Vinisiusning kelajagi porloq. U birinchi kundanoq yuqori texnikasi bilan a'lo darajadagi jismoniy imkoniyatlarini namoyon qila olgan. Futbolchi texnika bilan yuqori tezlikka ega. U yoshiga qaramay, bosim ostida qolayotgani yo'q. Junior nafaqat "Real" uchun, balki Braziliya va dunyo futboli uchun foydali o'yinchi bo'ladi", - deydi Ze Rikardo.