"Real" bosh murabbiyi Zinedin Zidan jamoa hujumchisi Alvaro Moratadan ayrilmoqchi emas, deya xabar beradi AS.
Manbada yozilishicha, frantsiyalik mutaxassis oxirgi vaqtlarda Ispaniya terma jamoasi futbolchisi bilan ko'p suhbatda bo'lgan va "Qirollik klubi"da qolishga undagan.
Zidan Morataning o'yinidan juda mamnun va uning asosoiy va zaxira tarkibi yo'qligi ta'kidlagan. Bundan tashqari murabbiy futbolchiga yangi mavsumda ko'proq o'yin amaliyoti berishni va'da qilgan. Moarat JCh-2018da ishtirok tmoqchi, buning uchun esa o'yin amaliyoti juda muhim.
Morata yakuniga etgan mavsumda Ispaniya chempionatining 26 uchrashuvida maydonga tushdi, ulardan 14 tasida boshlang'ich tarkibda bo'ldi. 15 ta gol urib, 4 ta golga to'p oshirdi.