Ronaldu “Real” rahbariyatidan transfer narxini tushirishni so'ramoqda.
Ma'lumotlarga ko'ra, Ronalduning yangi shartnomasida uning transfer narxi 1 mlrd evro qilib belgilangan. Portugaliyalik futbolchi esa klub bilan shartnomani uzaytirmoqchi emas va boshqa klubga o'tishi mumkin. Biroq Ronaldu uni hech kim 1 mlrd evroga sotib olmasligini taxmin qilmoqda va shu bois transfer narxini tushirishni so'ramoqda.
Xabarlarga qaraganda, Ronaldu so'nggi vaqtlarda “Real”dagi vaziyatdan norozi bo'lmoqda.