«Flamengo» hujumchisi Vinisius Junior nega «Barselona»ni emas, «Real»ni tanlaganini aytdi.
Vatanida "Yangi Neymar" laqabini olgan 16 yoshli futbolchi yaqinda 45 mln evro evaziga Madrid klubiga o'tgan edi.
Globo Esporte xabariga ko'ra, futbolchi Neymar tufayli «Barselona» taklifini rad qilgan. Vinisiusning taxminiga ko'ra, Neymar «Barselona»ning chap qanotida juda zo'r o'ynamoqda. Bundan tashqari, u endigina 25 yoshga to'lgan. Natijada uning asosiy tarkibdagi o'rnini egallash juda mushkul bo'ladi. «Real»da esa 32 yoshga to'lgan Krishtianu Ronaldu bilan raqobatlashsa bo'ladi, u bir necha yildan so'ng o'z o'rnini Vinisiusga bo'shatib berishi mumkin.