"Milan"darvozaboni Janluiji Donnarumma klubini tark etishi mumkin.
Corriere dello Sport xabariga ko'ar, futbolchining agenti Mino Rayola klubdan yangi shartnomani bekor qilinishini so'radi. Bunga Donnarumma his qilayotgan ruhiy kamsitish sabab bo'lmoqda.
Ta'kidlanishicha darvozaboning o'zi ham klub rahbariyatiga xat bitib, ruhiy bosim his qilayotganini bildirgan.
Donnarummaga "PSJ" va "Real" qiziqmoqda.
Donnarummaning yangi shartnomasi 2017 yilning yozida tuzilgan bo'lib, 2021 yilgacha amal qilishi ko'zda tutilgan. Avvalgi kelishuv 2018 yilning yozida nihoyasiga etishi kerak edi.