"Real" darvozaboni Kiko Kasilya yaqin transferlar mavsumining birida klubini o'zgartirishi mumkin.
Madridliklar "Atletik" darvozaboni Kepa Arrisabalagani sotib olganlaridan so'ng, 31 yoshli ispaniyalik posbon bilan xayrlashishlari mumkin.
O'tgan yozda Kasilyani "Nyukasl" sotib olmoqchi bo'lgan, ammo "Real" bunga rozi bo'lmagan edi.
Kasilya La liganing 7 uchrashuvida darvozasini "quruq" saqlagan.