Fransiyaning "Pari-Sent-Jermen" klubi bosh murabbiyi Unai Emery Chempionlar Ligasi pley-off qur'a tashlash marosimidan so'ng jurnalistlar savoliga javob berib o'tdi.
"Shuni aytishim mumkinki qur'a tashlash yaxshi bo'ldi. Ishonchim komil, "Real"ga qarshi o'ynashga yetarlicha kuchga egamiz. Chempionlar Ligasida chempion bo'lishni maqsad qilgan ekansan, kuchlilarni yengishing kerak. "Real Madrid"ni juda yaxshi bilaman, "Santiago Bernabeu"ga bir necha bor murabbiy sifatida tashrif buyurganman. O'zimizni xarakterimizni ko'rsatishimiz, taktik ko'nikma va iqtidor. Iqtidor - juda muhim omil. Bizda tarix yozish uchun yaxshi imkoniyat bor", - deydi ispaniyalik mutaxasis.