«Real» hujumchisi Alvaro Morata yana Italiyaga qaytishi mumkin.
La Gazzetta dello Sport xabariga ko'ra, 24 yoshli futbolchi «Milan» klubi bilan kelishuvga erishgan. Eslatib o'tamiz, futbolchi 2014-2016 yillarda «Yuventus» tarkibida to'p surgan edi.
Rossoneri Morata uchun € 60 mln berishga tayyor. U yozda sotib yuborilishi kutilayotgan Karlos Bakkaning o'rnini egallashi kutilmoqda. Futbolchining maoshi 7,5 mln evroni tashkil qiladi.