Vaqt - insoniyatning eng katta dushmani va eng yaqin do'sti. Lekin vaqt mening do'sting emas, u meni dushmanim, sababi shu vaqt yoshligimdan ayirgan, o'sha beg'am kunlarimdan ayirgan, ha o'sha beshavqat vaqtning ishlari hammasi. U barcha yerlarda hukmronlik qiladi va barchani o'ziga bo'ysuntiradi. Shu vaqt sizu-bizga gohida rag'batlantiradi, gohida esa boshimizni egadi. Lekin bazi insonlarni shu vaqt juda ko'p yildan beri rag'batlantirib kelmoqda, balki ular emas aynan vaqt ularning izmidadir?
10 yil...10 yil ilgari men hali ancha yosh edim, qo'limdan hech bir ish kelmasdi. Bugungi ikki qahramonimiz aynan 10 yil ilgari o'sha futbol taxtiga chiqishgan edi. Albatta, yoshligida Portugaliyaning bir grand, Yevropa miqyosida esa autsayder sifatida ko'rilgan, biroq o'sha yuqorida ta'kidlab o'tganimiz vaqt chiqargan har bir hukmga e'tiroz bildirmagan Krishtianu Ronaldu taxtga o'tirib undagi "tayoqcha"ni o'z qo'liga olgan va o'zaro uning raqibi bo'lmish Lionel Messi bilan marafonni boshlashgan, o'sha taxtdagi "tayoqcha" bu "oltin to'p" edi!