"Pari Sen-Jermen" bosh murabbiyi Unai Emeri Evropa chempionlar ligasi 1/8 final bosqichiga tashlangan qur'a borasida o'z fikrlarini bildirib o'tdi. Eslatib o'tamiz, EChLning nimchorak finalida parijliklar "Real" bilan to'qnash keladilar.
"Bu juda yaxshi qur'a. "Real"ga qarshi o'ynash uchun etarli saviyaga egamiz. Chempionlar ligasida muhim narsaga erishish uchun kuchli raqiblarga qarshi o'ynashing kerak".
"Madridliklardan o'tish uchun bizga taktik o'yin, iqtidorli futbolchilar kerak bo'ladi. Bunday bahslar futbolning markazi hisoblanadi. Bu o'yin barcha futbol ishqibozlari uchun juda yaxshi hisoblanadi".
"Madridda do'stlarim juda ko'p. Men "Real Madrid"ni juda yaxshi bilaman va ularning ko'p o'yinlarini ko'p o'yinlarini ko'rganman. "Santyago Bernabeu"dagi muhitni yaxshi bilaman. Do'stim Frantsiyaga kelib, "Seltik"ga qarshi o'yinimizni tomosha qildi va bu erdagi muhit ajoyib ekanini aytdi. "Madrid"ga qarshi o'yinda katta tarix yoza olamiz. Bu biz uchun yaxshi imkoniyat", — dedi Emeri.