Himoyachi Serxio Ramos “Real” klubi Matbuot xizmatiga klublar o'rtasidagi JCh musobaqasi borasida o'z fikrlarini bildirib o'tdi.
“Klublar o'rtasidagi JChni intizorlik bilan kutgandik. Bu erda bo'lishning o'zi katta yutuq. Demak, biz sovrinni himoya qilishimiz kerak.
Uzoq safardan so'ng bu erning iqlimiga moslashib olib, undan keyin oltinchi marta chempion bo'lishni o'ylaymiz.
Musobaqani ko'tarinki ruhda boshlashimizga umid qilaman. Bu muxlislarimizni xursand qilish uchun yana bir imkon deb o'ylayman.
“Sevilya” ustidan g'alaba qozongandan so'ng diqqatimizni bir joyga jamladik va faqat g'alaba qozonish uchun maydonga tushishga qaror qildik”, - deydi Ramos.