Ispaniya terma jamoasi bosh murabbiyi Xulen Lopetegi "Atletiko Madrid" himoyachisi Lukas Ernandezni Ispaniya terma jamoasiga taklif qilmoqchi. 21 yoshli himoyachi Ispaniya fuqoroligini oldi va terma jamoaga kirish uchun xujjatlarni hozirlamoqda, bu haqida Marca nashri xabar berib o'tadi.
Lukas asli fransiyalik bo'lib hozirgicha Dide Desham tomonidan terma jamoaga chaqirilmagan, agarda voqealar shu zaylda davom etsa, Ernandez JCH-2018 da Ispaniya sharafini himoya qilishi mumkin. Buni shahxsan "qizil furiya" ustozi Xulen Lopetegi istamoqda.
Ma'lumot uchun, Lukas Ernandezning ukasi Teo Ernandez ham oldinroq Fransiya terma jamoasidan taklif bo'lmasa Ispaniya sharafini himoya qilishi mumkinligini aytib o'tgan edi.