“Real” klubi darvozabon tanlash borasidagi qarorini o'zgartirdi. Shu paytga qadar “qirollik klubi” De Xeaga asosiy variant sifatida qarayotgandi. Biroq endi “Real” bor e'tiborini “Atletik” posboni Kepa Arrisabalagga qaratishga qaror qildi. Madrid klubi hatto “Milan” posboni Donnarumma va “Chelsi” posboni Tibo Kurtua variantlaridan ham voz kechdi.
“Real” Arrisabalag uchun 25 mln evro to'lashga tayyor va u bilan 6 yillik shartnoma imzolamoqchi.