Ispaniya soliq xizmatining ma'lum qilishicha, "Real" hujumchisi Krishtianu Ronaldu 2011 dan 2013 yilgacha soliq to'lashdan bo'yin tovlagan va buningoqibatida g'aznaga 8 millin evro kelib tushmagan, deya xabar beradi Cadena Ser.
Hozirda soliq xizmati portugaliyalik futbolchining harakati jinoyat yoki ma'muriy huquqbuzarlik ekanini aniqlamoqda. Gap shundaki, mamlakat moliya organi surishtiruv e'lon qilganidan so'ng Ronaldu o'z ishlarini tartibga keltirishga shoshilgan. Bu masala hozir prokuratura zimmasida. Agar Ronalduning harakatlari ma'muriy huquqbuzarlik deb topilsa, u davlat g'aznasiga 8 mln evro to'laydi. Agar uning ishi soliqqa oid jinoyat deb topilsa yana o'sha summadagi jarima bilan 4 oylik qamoq jazosi tayinlanadi.