"Real" himoyachisi Marselo Ispaniya chempionatining 15-turida "Sevilya"ga qarshi uchrashuvda dublga erishgan jamoadoshi Krishtianu Ronaldu haqida fikr bildirdi.
Portugaliyalik futbolchi o'yin oldidan muxlislarga beshinchi "Oltin to'p"ini ko'rsatdi
"Men uchun Krishtianu - sayyoradagi eng yaxshi futbolchi, chunki men Pele va Maradonaning o'yinlarini ko'rmaganman. Umuman olganda, bu o'yinchilarni taqqoslamaslik kerak", - deydi Marselo.