"Real" bosh murabbiyi Zinedin Zidan Ispaniya chempionatining 15-turida "Sevilya" ustidan qozonilgan yirik hisobdagi g'alabadan so'ng (5:0) fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
"Bu bizning mavsumdagi eng yaxshi 45 daqiqamiz emas. Gollar borasida yaxshi taym bo'ldi, chunki bungacha hech qachon birinchi bo'limda 5 ta gol urmagandik. O'yinga kelsak, bundan yaxshiroq o'tkazgan taymlar bor, masalan, "Real Soedad", "Borussiya"ga qarshi...
Biz mamnun bo'lishimiz kerak, chunki "Sevilya"ga beshta gol urish osonmas. Men Ronaldu va boshqa futbolchilarning gollaridan xursandman. Klublar o'rtasida jahon chempionatiga borish oldidan g'alaba bizga muhim edi", - deydi Zidan.