Madridning “Real” klubi himoyachisi Nacho Fernandes “Sevilya”ga qarshi uchrashuv (5:0) dan so'ng o'z fikrlarini bildirib o'tdi.
“Balki, bu bizning mavsumdagi eng yaxshi o'tkazgan ilk o'yinimiz bo'lishi mumkin. Biz o'yin davomida o'zimizni yaxshi his etdik va raqibga umuman imkoniyat qoldirmadik.
“Real” har doim mana shunday o'ynashi kerak. Gol urganimdan xursandman. Ayniqsa bu ishni “Real” libosida amalga oshirish o'zgacha kuch bag'ishlaydi.
Ha, bizda yo'qotishlar bor, lekin ularning o'rnini Ashraf va Valexo kabi futbolchilar bilan yopishga harakat qilyapmiz. Asosiysi bugun gol o'tkazib yubormadik va bundan juda ham mamnunman.
Krishtianu uchun ham xursanmadan. Umid qilamanki, u hali bizga ko'p foyda keltirada. Agar Ronaldu bugungi kabi harakat qilsa, gollar o'z-o'zidan keladi”, — deydi Nacho.