Biroz oldin BAA "Al-Jazira" klubi Osiyo Chempionlar Ligasining amaldagi chempioni Yaponiyaning "Urava Red Deymonds" klubi 1/4 final bosqichda kichik (1:0) hisobida yengib turnirning yarimfinaliga yo'l oldi. "Al Jazira"ning yarimfinaldagi raqibi "Real Madrid" bo'ladi. Bu uchrashuv 13-dekabr kuni Toshkent vaqti bilan 22:00 da "Shayx Zayid" stadionida bo'lib o'tadi.
Ikkinchi yarimfinalda esa Meksikaning "Pachuka" jamoasi Braziliyaning "Gremio" klubi bilan final yo'llanmasi uchun kurash olib boradi.
Ma'lumot uchun, O'zbekiston terma jamoasi a'zosi Sardor Rashidov "Al Jazira" tarkibida mana ikki o'yindirki na zahiradan na asosiy tarkibda ko'rinish berganicha yo'q.