"Madrid" "sadoqati" Nacho Fernandes "Sevilya"ga qarshi uchrashuvdan so'ng klub jurnalistlariga intervyu berib o'tdi.
"Bugungi uchrashuvdagi 1-taym butun mavsumdagi eng yaxshi o'yin deyishimiz mumkin. Biz o'zimizni xotirjam xis etdik va doimo shunday o'ynashga harakat qilamiz. Men esa gol kiritganimdan xursandman. "Real" libosida gol kiritish esa hammasidan ham muhim. Bizda jarohat olgan futbolchilar yetarli, lekin ularning o'rnini yoshlar egallaydi. Ashraf va Valexo bugun fenomenal o'yin ko'rsatdi. Biz gol o'tkazib yubormadik va bundan xursandmiz. Shuningdek, Krishtianu uchun ham xursandman. Umid qilaman, u bugungidanda ko'proq gol kirita oladi", - deydi Nacho.