"Real" himoyachisi Daniel Karvaxal chempionlar ligasi finalida "Yuventus" bilan uchrashuvga to'liq tayyor bo'ladi, deya xabar beradi Marca. Agar futbolchida jarohat qayta ro'y bermasa, u finalda birinchi daqiqadan harakat qilishi mumkin.
Karvaxal EChL yarimfinalida "Atletiko"ga qarshi birinchi uchrashuvda jarohat olgan edi. Avvalroq futbolchi 3-4 haftaga safdan chiqqanligi xabar qilingan edi.
"Yuventus" va "Real" o'rtasidagi EChL final uchrashuvi 3 iyun kuni Kardiffda bo'lib o'tadi.