Londonning “Chelsi” klubi darvozaboni Tibo Kurtua “Real”ga o'tishi haqidaga xabarlarga munosabatini bildirdi.
“Hamma biladi, oilaviy sharoitim tufayli (Madridda futbolchining ikki farzandi yashaydi) Ispaniya meni o'ziga tortadi. Agar hozir bu ro'y bermasa, ikki yildan keyin aniq ro'y beradi.
“Real”?dan taklif kutyapmanmi? Yo'q, hozir bu haqda o'ylayotganim yo'q. “Chelsi”dagi sharoit menga yoqadi. Men shunchaki, kutish va oldinda turgan jiddiy o'yinlarga tayyorgarlik ko'rish haqida o'ylayapman”, – deydi Kurtua.