Evropa ligasini qo'lga kiritgan «Manchester Yunayted» kelasi mavsumda Evropa chempionlar ligasi guruh bosqichida ishtirok etish huquqini qo'lga kiritdi. Mankunianliklar EChLni to'g'ridan-to'g'ri guruh bosqichidan boshlashadi.
Guruh bosqichiga qur'a tashlash paytida birinchi savatchadan reytingi yuqori mamlakatlar chempionlari o'rin oladi. Qolgan savatchalar esa klublarning so'nggi 5 yilda evrokuboklardagi ishtiroki bo'yicha tuzilgan reyting asosida shakllantiriladi. «Manchester Yunayted» ikkinchi savatchadan qur'a tortilishi kutilmoqda.
EChL guruh bosqichi uchun qur'a tashlash uchun savatchalar tarkibi:
1-savatcha (tasdiqlangan): «Real», «Bavariya», «Yuventus», «Benfika», «Chelsi», «Shaxter», «Monako», «Spartak».
2-savatcha (taxmin): «Barselona», «Atletiko», «PSJ», «Borussiya» Dortmund, «Sevilya»*, «Manchester Siti», «Portu», «Manchester Yunayted».
3-savatcha (taxmin): «Napoli»*, «Tottenxem», «Bazel», «Dinamo» Kiev*, «Ayaks»*, «Olimpiakos»*, «Anderlext», «Liverpul»*.
4-savatcha (taxmin): «RB Leyptsig», «Feyenoord», «Roma»*, «Seltik»*, «Nitstsa»* va saralashdan o'tadigan klublar.
Izoh: * yulduzcha bilan belgilangan klublar hali guruh bosqichida ishtirok etishni kafolatlashmagan. Bu jamoalar saralashdan o'ta olishmasa, reytingi pastroq klublar yuqori savatchaga ko'tarilishadi.