"Real" bosh murabbiyi Zinedin Zidanning ma'lum qilishicha, klub APOEL bilan uchrashuvda (6:0) ataylab sariq kartochka ishlab olgani uchun Daniel Karvaxalni ikki o'yinga diskvalifikatsiya qilgan UEFA qaroriga nisabatan apellyatsiya beradi.
Futbolchi "Borussiya" D bilan uchrashuvni (3:2) o'tkazib yuborgan va endi u diskvalifikatsiyaning bitta o'yinida ishtirok etmasligi kerak.
"Buni ataylab qilinganini isbotlab bo'lmaydi. U ataylab sariq kartochka ishlab oldi, deb o'ylamayman. U buni hoxlamagan edi.
Biz apellyatsiya beramiz, umid qilamizki, jazo bekor qilinadi. Aks holda bizga bu nisbatan adolatsizlik bo'ladi", - deydi Zidan.