Beshinchi marta "Oltin to'p" sovrinini qo'lga kiritgan "Real" hujumchisi Krishtianu Ronaldu ba'zan hushtakbozlik qilib turadigan madridlik ishqtibozlardan nolib qo'ydi.
"Real" ishqibozlarida ba'zan amneziya uchrab turishidan qattiq afsuslanaman. Futbol har doim omadkelavermaydigan o'yin, muxlislar bizga yordam berishlari va qo'llashlari kerak.
Biz to'rt yilda uch marta chempionlar ligasini yutdik, bu oson bo'lgani yo'q. Ba'zan ishlar bir tekis ketmaydi, to'p darvozaga kirmaydi yoki raqib darvozaboni ajoyib harakat qiladi. Muxlislar ishonchni yo'qotmasliklarini istardim", - deydi Ronaldu.