"Real" hujumchisi Krishtianu Ronaldu o'z o'g'li kichik Krishtianuning orzulari haqida gapirdi.
"Kichik Krishtianuda o'zimni ko'ryapman, ammo u mening o'g'lim bo'lganligi uchungina emas. U mendan ham yaxshiroq bo'lmoqchiligini aytdi. U ham beshta "Oltin to'p" olmoqchi.
Men "Oltin to'p"ni olishni istar edim, ammo buning qiyinligini ham bilardim. Birinchi marta qo'lga kiritganimda, demak buning iloji bor ekan deya yana hoxladim.
Men Messi bilan raqobat borasida ko'p o'ylamayman. Mening motivatsiyam - bu o'zim. Men o'zimni engish uchun kurashaman", - deydi Ronaldu.