Madridning “Real” klubi bosh murabbiyi Zinedin Zidan EChLning 6-turi doirasida “Borussiya”ga qarshi uchrashuv haqida o'z fikrlarini bildirib o'tdi.
“Ishonchim komil, fevral oyiga “Real” oldingi holatiga qaytib oladi. Pley–offda kim tushishini farqi yo'q.
Varan jarohat orttirib oldi, biz tibbiy ko'rik natijalarini kutyapmiz. Rafael jarohatini og'ir emasligini aytdi, lekin u shanba kungi o'yinga aniq tushmaydi. Keylor Navas yaxshi o'yin ko'rsatdi.
Bizni ihtiyorimizda ikki nafar darvozabon bor. Ularning ikkisidan ham ko'nglim to'q.
EChLda uchinchi g'alaba? Hozircha bu haqida o'ylamayapmiz ham. Maqsadimiz pley – offga chiqish edi va bunga erishdik.
Bor diqqatimizni La-liga va klublar o'rtasidagi musobaqaga qaratishimiz kerak. EChL haqida o'ylashga vaqtimiz hali ko'p bo'ladi”, - deydi Zidan.