UEFA nazarot-qo'mitasi "Madrid" himoyachisi Dani Karvaxal borasida qaror qabul qildi. Unga ko'ra futbolchi "Apoel"ga qarshi o'yinda ataylab sariq kartochka ishlashga harakat qilgani uchun 1 o'yinga chetlatildi. Endilikda futbolchi Chempionlar Ligasi 1/8 final dastlabki o'yinini o'tkazib yuborishga majbur bo'ladi.
Eslatib o'tamiz, Dani "Apoel" bilan o'yinda uchrashuvning so'nggi daqiqasida ataylab outdan to'pni o'yinga kiritmagan va shu sababli sariq kartochka ishlashga harakat qilib, pleyy-off o'yinlari oldidan "tozalanib" olmoqchi bo'lgan.