“Liverpul” klubi EChL guruh bosqichida o'ziga xos natija qayd etdi.
Gap shundaki, Yurgen Klopp shogirdlari guruh bosqichida raqiblar darvozalari tomon eng ko'p zarba bergan klubga aylandi. Ma'lumotlarga ko'ra, “qizillar” raqiblar darvozalariga 114 ta zarba yo'llagan (bitta o'yinda o'rtacha 19 ta zarba). Undan keyingi o'rinlarni “Real” (o'rtacha 18,2) va “Bavariya” (o'rtacha 17ta) egallagan.