Ispaniyalik himoyachi Daniel Karvaxal Chempionlar Ligasi final baxsida maydonga tushishi mumkin. Seshanba kuni futbolchi Valdebebasdagi bazada qayta tibbiy ko'rikdan o'tdi va uning tuzalishi rejadagidek ketayotgani aniqlandi. Agarda mashg'ulotlarda qayta jarohat olish aniqlanmasa, himoyachi 3-iyun kuni Kardiffda maydonga tushadi.