“Real” ustozi Zinedin Zidan klub himoyachisi Rafael Varanning jarohati haqida gapirdi. Varan “Borussiya”ga qarshi o'yinda jarohat olgandi.
“Biz hozir qur'a haqida o'ylamayapmiz. Bor e'tiborimiz shanba kungi “Sevilya”ga qarshi o'yinga qaratilgan. Varan — biz uchun jiddiy yo'qotish. U ertaga tibbiy ko'rikdan o'tadi. Varan unga hech narsa qilmaganini ta'kidlayapti, ammo, baribir, tekshiruvdan o'tishi kerak. Uning “Sevilya”ga qarshi o'ynamasligi aniq”, dedi Zidan.