"Real" ustozi Zinedin Zidan jamoa darvozabonlari Keylor Navas va Kiko Kasilyadan mamnun ekanini bildirdi.
Mutaxassisdan madridliklar "Atletik" darvozaboni Kepa Arrisabalagani sotib olishi haqida so'radilar. Oxiri vaqtlardagi xabarlarda aytilishicha, go'yo madridliklar qishda Kepani 20 mln evroga sotib oladilar.
"Navasning holati yaxshi, men doim futbolchilar yanada ko'proq ishni bajarishlari mumkinligini aytib kelganman. Yangi o'yinchilarga kelsak, menda ikkita darvozabon bor, ulardan juda mamnunman", - deydi Zidan.