"Real" bosh murabbiyi Zinedin Zidan EChL guruh bosqichining so'nggi turida "Borussiya" D ustidan qozonilgan g'alabaga (3:2) sharh berdi.
"Biz o'yinni yaxshi boshladik, gol urdik, ammo Varanning jarohatidan so'ng muammolar ko'rina boshladi. Oxirgi yarim soatda bizning o'yinimiz juda yaxshi chiqdi. Varanning jarohati haqida ertaga batafsil bilib olamiz. Bu biz uchun jiddiy yo'qotish. Uning aytishicha, bu uncha jiddiy emas, ammo tekshirish kerak. U shanba kuni "Sevilya"ga qarshi o'ynamaydi, bu aniq.
Chempionlar ligasida uchinchi g'oliblikka kelsak, bunga hali ancha bor.Hozir bu haqida o'ylamayapman. Hozir bosh maqsadimiz pley-offga chiqish edi, buni uddaladik. Endi e'tiborimizni Primeraga, klublar o'rtasida Jahon chempionatiga qaratamiz. Chempionlar ligasi haqida o'ylashga esa vaqtimiz bo'ladi", - deydi Zidan.