Uchrashuv oldidan intervyu berib o'tdi.
Jarohatidan keyingi xolat:
"Men jarohatimdan tuzalib yana safga qaytganimdan xursandman. Men formamga kirib borayapman va tez orada optimal xolatga kelaman. Har bir uchrashuvda maydonga tushishga tayyorman."
Jamoa haqida:
"Ushbu mavsumda biz bir nechta ajoyib uchrashuvlarni o'tkazdik, lekin hozirda klubda eng yaxshi davrlar emas, bu to'g'ri. Barchamiz birgalikda qiyinchiliklarni yengib o'tmoqchimiz."
Ronaldu haqida:
"Men uni har kuni kuzataman, u yaxshi formada. Bu yil u ko'plab gollar urdi. To'p har doim darvozaga tushib qolavermaydi, biroq to'pni darvoza tomon to'g'irlashga harakat qilamiz. Ronaldu "Oltin to'p"ni yutishi kerak, chunki ajoyib yilni o'tkazdi. "Oltin to'p" Krishtianu uchun muhim. Ammo eng muhimi - jamoa."
Jamoadagi o'rni haqida:
"O'ylashimcha men jamoaning katalizatoriman va men bunga tayyorman. Mavsum yaxshi boshlandi, to'g'ri jarohat meni bezovta qildi, lekin endi hammasi ortda. Klubning eng muhim futbolchisi bo'lishini xohlayman."
"Borussiya"ga haqida:
"Yaxshi o'yin ko'rsatib ko'plab gollar urishni xohlaymiz. Chempionlar Ligasida o'ynash yoqimli. G'alaba qozonish uchun barchasiga tayyormiz. Biz Yevropaning eng yaxshi jamoasimiz. Xoh omadli, xoh omadsiz uchrashuvlar bo'lsin biz har doim maksimal kuch bilan harakat qilamiz. Kuzatamiz, mavsum yakuni nima bilan tugaydi."
Transferlar haqida:
"Men bu haqida hech narsa deya olmayman, chunki bu mening vazifam emas."
Ikardi haqida:
"Men u bilan bitta klubda to'p surganman. Mauro - juda yaxshi futbolchi, ko'plab gollar uradi. Ammo bizda Karim Benzema - jahonning eng yaxshi hujumchisi bor. Ikardi so'zsiz jamoa kuchaytira oladi, lekin yana qaytaraman transferlar haqida gapirish mening ishim emas."