Italiyaning "Milan" klubi Alvaro Morata uchun asosiy da'vogar.
Ispaniyalik hujumchi "Bernabeu" bilan ushbu mavsum xayrlashishi kutilmoqda. Marca nashri xabariga ko'ra hujumchiga "Milan" klubi asosiy da'vogar bo'lib turubdi. Alvaroning xizmatlariga milanliklar xo'jayini Li Yonxong shaxsan o'zi qiziqmoqda.
"Qirollik klubi" ham Moratani 60 mln yevroga qo'yib yuborishga tayyor va futbolchining o'zi ham jamoadan ketishga tayyor. Shuningdek, APLdan "Chelsi" va "Manchester Yunayted" ham 24 yoshli hujumchi bilan qiziqib qolgan. Ammo Morataga Appennin yurtiga qaytishi qulayroq. Xususan Alvaro Morata Italiya kubogi finalida aynan "Milan" darvozasiga g'alaba keltiruvchi to'pni kiritgan edi.