La liga prezidenti Xaver Tebas so'nggi paytda Ispaniya chempionatidagi hakamlarning qarorlaridan xavotir tushganini ma'lum qildi.
"Umid qilaman, "Real" va "Barselona" o'rtasidagi o'yinda inobatga olinmay qolgan gollar bo'lmaydi. "Mestalya" stadionida Messi urgan gol bilan bog'liq vaziyat La liga sha'niga yaxshi ish bo'lmadi.
Toza gol bo'lganini butun Ispaniya, hattoki butun dunyo ko'rdi. Qanday qilib men uni ko'rmasligim mumkin. Agar golni ko'rmadim deganimda, siz meni ko'rga chiqargan bo'lardingiz. Bu gol edi, boshqa narsa emas. Kelasi mavsumda joriy qilinadigan VAR tizimi bunday muammolarni bartaraf etadi, degan umiddaman", — dedi Xaver Tebas.
Eslatib o'tamiz, "Real" va "Barselona" o'rtasidagi o'yin 23 dekabr kuni "Santyago Bernabeu"da bo'lib o'tadi.