"Krasnodar"klubi va Rossiya terma jamoasi hujumchisi Fedor Smolov o'z vaqtida unga "Real" qiziqqanini ma'lum qildi.
- Men 18 yoshimdayoq "Real" ro'yxatiga tushganman! Unda o'smirlar terma jamoasi safida Evropa chempionatida o'ynagandim. Bu ro'yxatga tushganlarni "Real" butun faooliyati davomida kuzatadi. Meni kuzatish uchun hatto Saratovga kelishlari mumkin. Menimcha, Ispaniya termasi darvozasiga urgan ikki golim mening familiyamni yana yuqoriga olib chiqqandir. Meneer ham ishlayapti.
- Vladislav Radimovning fikricha, siz "Real"da zaxira o'rindig'ida o'tirar ekansiz, bunga nima deysiz?
- Agar bunday imkoniyat tug'ilsa, "Real"da tekinga o'ynashga tayyorman. Klub menga bir tiyin to'lamasa ham shartnoma imzolashga tayyorman.
- Yaqinda sizga "Vest Hem" klubi qiziqayotgani haqida xabarlar tarqaldi.
- Bu to'g'ri. Londonliklar "Krasnodar"ga aniq summali taklif bilan chiqishdi, keyinroq u summani oshirishdi, chamamda. Ular qiziqyaptilar, menga qo'ng'iroq qilishdi, ammo..
- Ammo?
- Men uchun Rossiya chempionati davom etmoqda."Vest Hem"ning taklifini o'ylayapman. Nyuanslar ko'p. Angliya chempionati jadalroq, qiyinroq. "Vest Hem" advalning quyi qismida bormoqda. "Siti"ga qarshi o'yinini ko'rdim, butun jamoa bo'lib himoyalanishdi. Bu mening usulim emas, - deydi Smolov.