«Real» klubi yarim himoyachisi Marko Asensio jarohatidan forig' bo'ldi va jamoa mashg'ulotlariga qaytdi. Bu haqda madridliklar rasmiy sayti ma'lum qildi.
«Real» EChL so'nggi turi doirasida Dortmundning «Borussiya» klubiga qarshi kechadigan o'yinga tayyorgarlik ko'rmoqda. So'nggi mag'ulotlarda Marko umumiy guruh bilan shug'ullangan bo'lsa, Garet Beyl individual mashqlarni bajardi. Daniel Karvaxal esa mashg'ulot zalida shug'ullangan.
Eslatib o'tamiz, «Real» — «Borussiya» uchrashuvi chorshanba tunida bo'lib o'tadi va 00:45ga boshlanadi.