"Chelsi" yarimhimoyachisi Eden Azar klub bilan shartnomasini uzaytirishga shoshilmayapti.
Londonliklar belgiyalik 26 yoshli futbolchiga haftasiga 300 ming funt maosh talif qilmoqdalar, bu taqdirda Azar klub tarixidagi eng ko'p haq to'lanadigan o'yinchiga aylanadi.
Azar muzokaralarni mavsum oxiriga qoldirgan. Futbolchi "Real"dan taklif tushishini kutmoqda. Uning londonliklar bilan amaldagi shartnomasi 2020 yilgacha tuzilgan.