"Bavariya" yarimhimoyachisi Aren Robben 2009 yilda "Real"dan myunxenliklar safiga o'tgani haqida esladi
"Real" o'yinchisi ekanligimda maqsadimiz o'ninchi Chempionlar kubogi edi, bu mening katta orzum edi. Ammo u erda o'tgan ikki yilimda biz bunga erisholmadik. "Real"ni tark etayotganimda buni orqaga qadam deb o'ylagandim. U vaqtlarda "Bavariya" evrokuboklarda unchalik muvaffaqqiyatli ishtirok etmasdi, men esa yuqori saviyada o'ynashni, ya'ni chempionlar ligasida g'olib chiqishni istardim. Bu qiyin tanlov edi, natijada hammasi yaxshilikka bo'ldi va faoliyatimdagi eng yaxshi qaror bo'lib chiqdi", - deydi Robben.
Eslatib o'tamiz, Robben 2013 yilda "Bavariya" safida chempionlar ligasida holib bo'lgan, finalda "Borussiya" D darvozasiga g'alaba to'pni kiritgan (2:1).