"Barselona"ning sobiq himoyachisi Karles Puyol "Real" himoyachisi Serxio Ramosning chetlatishlar bo'yicha Ispaniyada rekord (19) o'rnatgani borasida fikr bildirdi.
"Men ham qo'pol kurashar edim, ammo buni to'pga birinchi tegib, toza bajarishga harakat qilar edim. Albatta, ulgurmagan paytlarim ham bo'lgan. Mening o'z o'yin uslubim bo'lgan, Ramosning uslubi haqida uning o'zidan so'rang", - deydi Puyol.