Madridning "Real" klubi yarimhimoyachisi Luka Modrich kecha "Qirollik klubi" tarkibidagi 150-uchrashuvini o'tkazdi (La Ligada).
Futbolchi 6 mavsumdan beri "Real" libosida to'p surib kelmoqda, Luka tushgan o'yinlarda "Madrid" 107 marta g'alaba qozongan va Modrich bu uchrashuvlarda 7 marta raqiblar darvozasini ishg'ol etgan. O'tkazilgan 150 ta o'yinning 74 tasi "Bernabeu"da bo'lsa, 76 tasi mehmonda o'tkazilgan.