Ingliz nashrlarining xabar berishicha, “Tottenxem” a'zosi Tobi Alderveyreld agar maoshi oshirilmasa, klubni tark etmoqchi.
Ma'lumotlarga ko'ra, 28 yoshli futbolchi yangi shartnoma tuzishni va maoshi oshirilishini istamoqda. Futbolchining amaldagi shartnomasi 2019 yilgacha mo'ljallangan va u haftasiga 50 ming funt maosh oladi. Alderveyreld maoshi kamida ikki barobar oshirilishini xohlayapti.
Xabarlarga ko'ra, Tobiga “Real”a qiziqyapti.