«Real»ning bir necha futbolchisi «Sevilya»ga qarshi bo'lib o'tadigan Ispaniya chempionatining navbatdagi tur bahsini o'tkazib yuboradi.
Yarim himoyachi Kazemiro va himoyachi Daniel Karvaxal "Atletik"ga qarshi o'yinda ogohlantirish oldi. Bu esa ularning mavsumdagi beshinchi sariq kartochkasi bo'ldi. Shu bois, ular navbatdagi turda maydonga tusha olishmaydi. Serxio Ramos esa kechagi bahsda ikkinchi sariq kartochkani olib maydonni tark etdi. Jamoa sardori "Sevilya"ga qarshi uchrashuvda diskvalifikatsiyaga uchraydi.