OAV xabariga ko'ra braziliyalik iste'dod Vinisius Junir 2018-iyul iyul oyida "Real" safiga kelib qo'shiladi. O'sha paytda futbolchi 18 yoshni qarshilaydi va bemalol ligioner sifatida boshqa qit'ada o'ynash huquqiga ega bo'ladi. "Flamengo" klubi Juniorni yana bir mavsum braziliyada qolishini istagan edi, biroq "Madrid" rahbarlari allaqachon futbolchi Yevropada o'ynashga tayyor deb hisoblashdi.
Eslatib o'tamiz, "Madrid" rasman 2017-yil 23-mayda Juniorni 45 mln yevro evaziga "Flamengo"dan sotib olgan edi va hozirda ijara asosida o'sha klub safida to'p surmoqda.