Ispaniya futbol federatsiyasining rasmiy sahifasi “Real” jamoasini “Fuenlabrada”ga qarshi 1/16 final doirasidan o'rin olgan javob uchrashuvi (2:2) dan so'ng Kubok musobaqasini tark etdi deya noto'g'ri xabar tarqatdi.
IFF rasmiy saytidagi ma'lumotlarga ko'ra, nimchorak finalga “Real” emas balki Ispaniya uchinchi divizioni vakili “Fuenlabrada” yo'l olgan. Ushbu kamchilik biroz vaqt o'tib sahifada qayta to'g'irlandi.
Ma'lumot uchun, Ispaniya Kubogining 1/8 final bosqichiga qur'a tashlash marosimi 5 dekabr seshanb kuni bo'lib o'tadi.