Argentinalik hujumchi Mauro Ikardining agenti va turmush o'rtog'i Vanda Nara Italiyaning Corriere dello sport nashriga intervyu berib o'tdi.
"Hech kim kelajakda nima bo'lishini iblmaydi. So'nggi so'zni klub aytadi, ammo takliflar bo'lyapdi buni inkor eta olmayman... Mauro - katta nom, va bir necha yillardan beri top-klublar saviyasida ekanligini isbotlab kelmoqda. Dunyoning eng yaxshi "9"-raqamlarining biriga nisbatan qiziqishlar ko'p bo'lishi tabiy xol. Ular qatorida "Real" bormi? Men bilan kim a'loqaga chiqgani haqida ayta olmayman. Ikardi "Inter" haqida o'ylamoqda va bu yerda baxtli. Biroq men shuni aytishim mumkin Mauroga OAV tarqatayotgan xabarlardanda ko'proq klublar qiziqish bildirmoqda", - deydi Vanda Nara.
Ma'lumot uchun, 24 yoshli hujumchining tovon puli 110 mln yevro qilib belgilangan. Hozirgi kunda futbolchi A Seriyada 14 o'yinda 15 ta to'p kiritib to'purarlikni qo'lga olgan. O'tgan mavsumda esa 34 ta o'yinda 24 ta gol urishga muvaffaq bo'lgan edi.