"Real" yarim himoyachisi Garet Beyl «San-Mames»da bo'ladigan "Atletik"ga qarshi uchrashuvda maydonga tushmaydi.
Uelslik futbolchi «Fuenlabrada»ga qarshi bo'lib o'tgan Ispaniya kubogi bahsidan so'ng mushagidan og'riq his qilgan. Beyl bir necha kun davomida jamoaning mashg'ulotlaridan ishtirok etmaydi. Murabbiylar shtabi unga nisbatan tavakkal qilishni istamayapti. Garet kelasi haftada mashg'ulotlarga qaytadi.