“Real” yanvarda yangi darvozabon xarid qilmoqchi. “Qirollik klubi” “Atletik”ning 20 yoshli posboni Kepa Arrisabalagdan hamon umid uzgani yo'q.
Arrisabalagning jamoasi bilan shartnomasi 2018 yil yozida yakuniga etadi va u bu shartnomani uzaytirmoqchi emas. Unga takliflar ham ko'p. Shu bois “Real” 20 mln evro evaziga yosh posbonni o'ziniki qilib olmoqchi.
Mazkur transfer yanvarning dastlabki kunlarida amalga oshishi kutilmoqda.